"Buxoro" 6 yildan beri "Navbahor"ga gol ura olmayapti. Namanganda kimning ananasi buziladi?

  • Mr.NoBoDy 27.04.2025 15:40
  • 96
  • 30

Superliganing 7-turida Namanganda "Navbahor" - "Buxoro" qarama-qarshiligi bor.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuvlarda ustunlik "lochinlar" tomonida bo'lmoqda. - "Buxoro" Superligada ketma-ket 5 ta o'yindan buyon "Navbahor"ga gol ura olmayapti. Jamoa oxirgi martta 2019 yilgi mavsumda raqibi darvozasiga to'p kiritgan (3:1). Bu golga Vladimir Baenko mualliflik qilgan. 

Yana bir qiziqarli malumot, "Buxoro" 9 yildan buyon "Navbahor" bilan o'yinlarda 3 ochko ishlayotgani yo'q. Jamoa so'nggi bor 2016 yil namanganliklar ustidan g'alabani tantana qilgan (3:2). O'sha yili Tachmurod Agamurodov boshchilik qilgan jamoa mazkur vazifani Namanganda ham uddasidan chiqqan (2:1)

Superliga-2016. 10-tur

"Buxoro" sport majmuasi

"Buxor" - "Navbahor" 3:2

Gollar: Aziz Ibagimov 21, Sardor Rahmonov 70, Aziz Ibragimov 90 - Igor Golban 79, Akramjon Baxritdinov 90

"Buxoro": Muhiddin Xudoyorov, Ruslan Melzitdinov, Artyom Filiposyan, Sardor Rahmonov, Aziz Ibragimov, Bahodir Pardaev, Salamat Kutibaev, Aleksandr Merzlyakov, Alisher Sanaev, Шavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev

"Navbahor": Alibek Turobov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, Toxir Шamsitdinov, Dilshod Jabborov, Akramjon Baxritdinov, Azam Aliev, Vladislav Pavlenko, Sardor Azimov, Anvar Rajabov, Oleksandr Pishur

"Buxoro" bugun noxush ananaga chek qo'ya oladimi yoki mezbonlar muvaffaqiyatli yurishini davom ettiradimi?

Ўхшаш янгиликлар