Timur Kapadze Angliyaga boradi

  • Mr.NoBoDy 27.04.2025 16:24
  • 72
  • 30

Kecha "90minutuz" podkastining navbatdagi soni futbol muxlislari etiboriga havola qilindi.

Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashevning insaydiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timr Kapadze yaqinda Angliyaga safar uyushtiradi.

"Navbatdagi insayd – Timur Kapadze "Manchester Siti" o'yinini tomosha qilish uchun Angliyaga bormoqchi. Ayni paytda viza masalalari hal etilmoqda. Abduqodir Husanov o'ynamagan taqdirda, u bilan gaplashib, ruhan ko'nglini ko'taradi. Esingizda bo'lsa, bu ishni Abramov qilardi. U erinmasdan Sanjar Tursunovni o'yinini ko'rish uchun Nijniy Novgorodga, Vitaliy Denisovning o'yinini tomosha qilish uchun Dneprga borardi. O'zi shunaqa bo'lishi kerak-da", – dedi Yuldashev.

Davron Fayzievning qo'shimcha qilishicha, Timur Kapadze mavsum oralig'ida o'zbek klublarining o'rtoqlik o'yinlarida bo'ldi, bundan tashqari, yo'l-yo'lakay legionerlarning uchrashuvlarini ham kuzatib qaytdi. 


"90minutuz" podkasti to'liq holda:



Eslatib o'tamiz, JCH 3-saralash bosqichi doirasidagi BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni 21:00 ga belgilangan. Uchrashuv 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар