Superliga
7-tur
"Navbahor" – "Buxoro" 2:0 (LIVE)
Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:00
Gol: Abbos G'ulomov (Alisher Odilov) 15', Saidazamat Mirsaidov (Zabihillo O'rinboev) 46'
Bosh hakam: To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Avazbek Abdullaev, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Akmal Rahimov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Шohruh Said
"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 8.Шohmalik Komilov, 9.Zabihillo O'rinboev, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov, 70.Abbos G'ulomov, 71.Navro'zbek Iminjonov (33.Sergey Karpovich, 31), 99.Igor Gabriel.
Zaxira: 16.Шukron Yo'ldoshev, 4.Шahzod Tairov, 6.Шerzod G'ulomjonov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 21.Rian Islomov, 27.Jahongir Tursunov, 29.Pedro Augusto, 55.Komiljon Tojiddinov.
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 5.Sardor Qulmatov, 17.Javohir Ro'ziev, 19.Bilol Tupliev (77.Asilbek Qayumov, 54), 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yuldashev (9.Husayn Ergashboev, 54), 33.Yosip Tomashevich, 71.Albert Nurullaev (10.Шohruz Norxonov, 46), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Шahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Шirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov, 4.Javohir O'tamurodov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Muhammadsafo Fozilov, 14.Mahmud Jo'raboev.
Ogohlantirish: Bilol Tupliev (52).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILAШ
54. "Buxoro"da 2 ta amlashtirish: Tupliev o'rniga Qayumov, Yuldashev o'rniga Ergashboev maydonga tushdi.
52. Bilol Tupliev Ruslan Jiyanovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.
50. Saidazamat Mirsaidov Ruslan Jiyanov tomon pas bermoqchi bo'ldi, biroq Tupliev bunga qarshilik qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
46. GOL! Zabihillo O'rinboevning fint bilan bergan pasidan keyin Saidazamat Mirsaidov darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va darvozaga yo'l topdi – 2:0!
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Buxoro"da o'zgarish: Nurullaev o'rniga Norxonov bahsni davom ettiradi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!
45+4. Alisher Odilov katta tezlikda oldinga borib, ichkariga kirib bordi. Biroq yakunda kuchsiz zarba yo'llab, to'pni darvozabonga shunchaki sovg'a qildi.
45+2. Alisher Odilov Jo'rabekovga nisbatan biroz qo'pol o'ynadi, jarima zarbasi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
44. Zabihillo O'rinboev va Sardor Qulmatov havodagi kurashda jiddiy to'qnashib ketdi, ular tibbiy yordamga muhtojlik sezdi.
39. "Buxoro"dan xavfli hujum! Dastlab Yuldashev, keyin esa Tupliev zarba berdi, ammo Saidazamat Mirsaidov to'p yo'liga to'g'anoq chiqdi.
37. Uuux! Karpovichning uzatmasidan keyin O'rinboev bosh bilan darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo Boymurodov shu erda ekanligini yana bir bor namoyish etdi.
34. To'pni qaytarishga astoydil harakat qilgan Umid Ergashev darvoza ustuniga borib urildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.
32. Zarbaaaa! Javohir Ro'zievning olisdan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini tegib qaytdi. Dahshatli zarba!
31. "Navbahor"da almashtirish: Iminjonov o'rniga Karpovich tushirildi.
30. Iminjonov ikkinchi bor maydonda yotibdi. U oyog'ida og'riq his etmoqda va o'zgartirilishi kutilmoqda.
28. Zarba! Frane Ikichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Umid Ergashev ilib oldi.
27. Zarba! Alisher Odilovning bosh bilan bergan zarbasi aniq, ammo xavfsiz chiqdi. Boymurodov o'z o'rnida!
25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 55% – 45%. Namanganliklar biroz ustunlikka ega.
21. Komilovning standartdan havolatib oshirgan pasidan so'ng Ruslanbek Jiyanov bosh bilan zarba berishda qiyinchilikka duch keldi.
20. Iminjonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u biroz jabrlandi.
18. Uuuux! Bilol Tuplievning burchak zarbasidan oshirib bergan pasidan keyin buxoroliklarning ikki vakili to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka yo'liqishdi.
15. GOL! Alisher Odilovning pasidan keyin Abbos G'ulomov chap oyog'ida erlatib darvozaning o'ng tomonini nishonga oldi – 1:0!
14. "Navbahor" markazdan to jarima maydonchasi ichiga qadar etib keldi, biroq G'ulomovning pasini himoyachilar uzoqlashtirishdi.
12. Bilol Tupliev qanotdan oshirib bergan pasidan so'ng to'p maydondan chiqib ketdi, tushunarsiz va manzilsiz uzatma.
9. Gabriel havodagi kurashda Albert Nurullaevga nisbatan qo'pol harakat qildi, jabrdiydaga tibbiyot xodimlari yordam ko'rsatishdi.
7. Zarbaaa! Mirsaidovning uzatmasidan so'ng Abbos G'ulomovning akrobatik uslubdagi zarbasiga aniqlik etishmadi.
5. Uuux! Komilovning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, Шohmalikning o'zi burchak zarbasini ijro qiladi.
2. Sardor Qulmatov kutilmaganda uzoqdan darvozani poylashga urindi. U tepgan to'p stadiondan chiqib ketdi, nazarimda.
1. O'yinga start berildi!
- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.