O'zbekistonning eng kuchli ko'cha futboli jamoasi aniqlandi. Bu jamoa endi Avstriyaga boradi

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 15:56
  • 105
  • 30

27 aprel kuni Toshkent shahrida ko'cha futboli bo'yicha 4x4 formatdagi xalqaro turnir - Red Bull Four 2 Score milliy bosqichi yakunlandi.

Jamoalar darvozabonlarsiz, qisqartirilgan maydonda, shuningdek, o'ziga xos gol tizimi bilan o'ynashdi. Avstriyada bo'lib o'tadigan jahon finalida mamlakat sharafini himoya qiladigan “Positive TM” jamoasi milliy chempion bo'ldi.




Red Bull Four 2 Score - bu 4 dan 4 formatidagi kichik maydon futbol turniri, 10 daqiqa davomida o'tkaziladi, tanaffuslar va darvozabonlarsiz. Turnirning o'ziga xosligi shundaki, o'yinning dastlabki va oxirgi 60 soniyasida kiritilgan gollar 2 ochko keltiradi. Bu yil chempionat 25 dan ortiq mamlakatlarda o'tkazilmoqda va milliy chempionlar sentyabr oyida Zalcburg (Avstriya) bo'lib o'tadigan jahon finalida o'z mamlakatlarini himoya qilish imkoniyatiga ega.




O'zbekistondagi turnir g'olibi finalda tajribali "YooToo 1" jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etgan “Positive TM” jamoasi bo'ldi. Eng yaxshi jamoa nomiga 63 ta jamoa davogarlik qildi. Turnir Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasi hududida bo'lib o'tdi. Endi chempionlar Red Bull Four 2 Score Avstriya jahon finalida O'zbekiston sharafini himoya qiladi.




“Hissiyotlar ajoyib! G'alabadan juda xursandmiz. Final o'yinidan tashqari, manaviy jihatdan eng og'ir bahs do'stlarimiz — "Progress" jamoasiga qarshi o'yin bo'ldi”, — deydi "Positive TM" jamoasining 25 yoshli azosi Ruslan Veklich. — “Taqdir taqozosi bilan bugun biz chempionmiz va jahon finalida bayrog'imiz uchun faxr bilan kurashamiz!”




Red Bull Four 2 Score — barcha darajadagi o'yinchilar uchun qiziqarli futbol turnirida ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Butun dunyodan eng yaxshi jamoalar eshtirok etadigan jahon finali Zalcburgda bo'lib o'tadi va ular "Red Bull Zalcburg" klubining uy stadionida o'ynashadi.


Ўхшаш янгиликлар