Bu haqda Goal.com xabar berdi.
Malum bo'lishicha, "nafaqaxo'rlar" uni "Manchester Yunayted"dan sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ijara shartnomasida ko'rsatilgan transfer summasi 33 mln dollarni tashkil qiladi. "Chelsi" 6 mln dollar to'lab, transferni rad etishi mumkin.
Sanchoning "Chelsi" bilan amaldagi ijara bitimi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Sancho joriy mavsum London klubi safida 36 o'yinda 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.