«Hammaga xayrli kech. O'ylaymanki, o'yin juda g'ayrioddiy va tomoshabop bo'ldi. Balki birinchi bo'lim bizning ustunligimiz ostida o'tgandir, lekin ikkinchi bo'limda OKMK o'z darajasini namoyish etdi. Ular bejizga peshqadamlar safida emas ekanligini isbotlashdi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. ushbu o'yinga tashrif buyurgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman, stadionga tobora ko'proq insonlar tashrif buyurishmoqda” – dedi Ilyos Zeytullaev bahs yakunlangach.
- "Bunyodkor" bu yil juda tartibli o'yin namoyish etmoqda. Mavsum davomida bor-yo'g'i ikkita o'yinda gol o'tkazib yubordi. Jamoa sizning qo'l ostingizda himoyalanishni o'rgandi deb hisoblasak bo'ladimi?
- Menimcha, gol o'tkazib yubormaslik manosidagi bunday statistika - bu yaxshi signal. Chunki, bu himoyachilarning ham, darvozabonlarning ham xizmatidir, lekin shu bilan birga hujumchilar, yani bizning birinchi himoyachilarimiz ham juda katta ish qilishadi, ular esa hujumchilarimiz. Jamoam bugun jipslik va ixchamlik bilan o'ynadi va 95 daqiqa davomida raqib hujumlarini bartaraf eta oldik. Hali to'g'rilashimiz kerak bo'lgan narsalar juda ko'p. Biz uzun yo'lning boshidamiz, xolos.
- O'tgan yilgi intervyulardan birida “Bunyodkor” kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashadimi degan savoljavoboob bermagan edingiz. Hozir esa Superliganing ettita turi ortda qoldi. Dastlabki etti uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor”ni chempionlik “poyga”sida deb hisoblasak bo'ladimi?
- Sizga ham shunday savol bersam maylimi? Ettinchi turdan keyin shunday deyish mumkinmi yoki yo'qmi? To'g'risini ayting, men realist bo'lish kerak deb o'ylayman, lekin aslida bu muhim emas. Biz uchun eng muhim va eng og'ir o'yin keyingisi bo'ladi. “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yin eng og'iri bo'ladi.
Bunday o'yinlardan keyin ruhan yig'ilib, maydonga tushish juda qiyin bo'ladi. Jamoa kuchli bo'lsa, aynan shunday g'alabadan keyin maydonga tushib, boshqa jamoaga qarshi ham munosib o'ynaydi. Menimcha, chempionlik uchun kurash haqida gapirishga hali erta. Biz o'z oldimizga qandaydir chegara qo'ymayapmiz, biz o'z oldimizga o'tgan yilgi natijalarni yaxshilash, bir xil xatolarni takrorlamaslik va medallar uchun kurashadigan jamoalarga katta raqobat yaratish vazifasini qo'ydik. Menimcha, bu jamoalar - “Nasaf”, “Paxtakor”, OKMK, keyin esa “So'g'diyona” va “Nasaf”. Ularga munosib raqobat ko'rsatishimiz kerak.
- Kubokdagi uchrashuvga “Bunyodkor” o'rinbosarlar tarkibini jo'natdi. Шu sababli asosiy jamoa biroz dam olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu tanaffus jamoaga qanchalik yordam bera oldi?
- O'rinbosarlar jamoamizga minnatdorchilik bildiraman. Ular juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bunday yosh futbolchilarga qaraganda, klubning kelajagi borligini tushunib etasan. Шuning uchun, yigitlarga ham rahmat. Bugun OKMKni yutib ketishimizga ikkinchi jamoamiz ham sababchi. Yani biz asta-sekin kichik qadamlar bilan chiqamiz va nimadir qurishga harakat qilamiz.
Biz bu vaziyatdan foydalandik, o'ynamagan ko'plab o'yinchilar bor edi. Bazilari dam olishdi, chunki bizda juda ko'p o'yinchilar bor edi, ular jarohat olib kelishdi, bazilari shunchaki jismoniy jihatdan biroz ishlashlari kerak edi. Rostini aytsam, men jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylarimizga, ikkalasi Alessandroga ham, Andreasga ham ishonaman.
Ular menga aynan mana shunday dastur tayyorlashni maslahat berishdi. So'nggi hafta davomida jismoniy jihatdan yaxshi ish olib bordik. Ikkinchi bo'limda OKMK zaxirasi va kuchi o'z so'zini aytdi, lekin shunga qaramay biz raqib hujumlariga bardosh bera oldik.
- “Bunyodkor” jamoasi hozirgi kungacha to'qnash kelgan “Neftchi” va OKMK kabi kuchli jamoalarga qarshi yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda, ammo jamoangiz o'zidan kuchsizroq bo'lgan yoki “Bunyodkor” darajasi bilan teng bo'lgan jamoalarga qarshi o'yinlarda qiynalmoqda. Masalan, “Xorazm” va “Qizilqum”ga qarshi o'yinlarda ochkolar yo'qotildi. “Bunyodkor” o'zidan kuchliroq bo'lgan jamoalarga qarshi o'ynash qulayroq degan fikrga qo'shilasizmi?
- Bu savol bo'yicha uzoq muloqot qilish mumkin. OKMK o'zi ham futbol o'ynaydi va raqibga ham imkoniyat beradi. Qaerdadir bo'sh zonalar paydo bo'ladi va shundan unumli foydalanish mumkin. Шu sababli ham OKMK musobaqa jadvalida etakchilardan biri. Biz “Qizilqum” va “Xorazm”ga qarshi ham yomon o'ynaganimiz yo'q. To'g'ri, o'tgan uchrashuvlarda ochko yo'qotgandirmiz, ammo bugun g'alaba qozondik.