Futzal. O'zbekiston kubogi chorak final o'yinlari taqvimi malum

  • Mr.NoBoDy 29.04.2025 16:56
  • 63
  • 30

Kuni-kecha O'zbekiston kubogi guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga etdi va pley-offning 8 ishtirokchisi nomi malum bo'ldi.

Jumladan, "A" guruhidan BMB hamda "Paxtakor", "B" guruhidan "Oil Star", Neftchi", "C" kvartetidan OKMK hamda "Surxon" va "D" guruhidan SQB hamda "Lokomotiv" jamoalari chorak final yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Yana bir necha kundan so'ng, aniqrog'i, 5 may, dushanba kuni, Buxoroda mamlakat kubogi chorak final uchrashuvlari start oladi.

Qayd etish lozim, chorak final hamda yarim final bosqichida g'olib ikki uchrashuv natijasiga ko'ra aniqlanadi. Bunda yirikroq hisobda g'alabaga erishgan jamoa g'olib hisoblanadi. Agarda ikki uchrashuv natijasiga ko'ra kuchlar teng kelsa, yani bittadan g'alaba (yoki ikkita o'yinda ham durang) va to'plar farqi ham bir xil bo'lsa, ikkinchi uchrashuvning asosiy vaqti tugashi bilan penaltilar seriyasiga murojaat etiladi (FIFA futzal qoidalariga muvofiq dastavval 5 tadan zarba amalga oshiriladi. Unda ham kuchlar teng kelsa, jamoalardan birining ilk xatosigacha seriya davom etadi).

Ўхшаш янгиликлар