Bu borada qaror qabul qilingan. Yaqin haftalarda rasmiy malumot elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Kurtua "Real"ga "Chelsi"dan 2018 yilning avgustida ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyida nihoyasiga etadi. Joriy mavsum 32 yoshli golkiper 43 ta uchrashuvda 48 ta gol o'tkazib yubordi va 14 ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
Avvalroq, "Real" Karlo Anchelottiga yangi lavozim taklif qilishi haqida xabar bergandik.