19 yoshli posbon, "Nasaf" futbolchisi, OKMKni yutgan murabbiy va O'zbekiston MTJ azosi - Superligada 7-turning eng yaxshilari

  • Mr.NoBoDy 29.04.2025 18:24
  • 102
  • 30

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 7-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi darvozaboni – Muhammadyusuf Sobirov ("So'g'diyona")

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi 7-turni o'z maydonida "Andijon"ga qarshi o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin davomida jizzaxliklar posboni Muhammadyusuf Sobirov 7 marta jamoasini gollardan qutqarib qoldi. Yosh darvozabon mavsumning ilk o'yinlarida kutilmagan gollar o'tkazib yuborgandi, biroq xarakter namoyish etib o'zini qo'lga olib yana avvalgi darajasiga qaytayotgani bizni xursand qiladi. Шu tufayli, Sobirov 7-turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" 7-turning markaziy o'yinida OKMK ustidan g'alaba qozondi - 1:0. OKMK uchun bu mag'lubiyat mavsumdagi dastlabkisi bo'ldi. Tajribali murabbiy Mirjalol Qosimovni mag'lub eta olgan Ilyos Zeytullaev 7-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi futbolchisi – Akmal Mozgovoy ("Nasaf")

"Nasaf" bu tur o'z muxlislari qarshisida "Qizilqum"ni yirik hisobda taslim qildi - 4:0. Mazkur uchrashuv davomida maydon egalari yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ancha faol o'ynadi. Mozgovoy ikkita golli uzatmani amalga oshirishdan tashqari 4 ta xavfli vaziyat yaratilishiga sabab bo'lgan "kalit" pas berdi. 110 ta to'p uzatishidan 105tasi aniq chiqdi - 95 foiz aniqlik. Шu tariqa, Akmal Mozgovoy 7-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng chiroyli goli muallifi – Igor Sergeev ("Paxtakor")

Og'ir jarohatdan so'ng o'zining eng yaxshi sport formasiga qaytayotgan Igor Sergeev "Шo'rtan"ga qarshi bahs taqdirini hal qilgan golni urdi. Alijonovning chiroyli va aqlli to'p uzatishidan keyin Sergeev to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. Texnik jihatdan anchagina qiyin ijroni amalga oshirgan Igor Sergeev championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.





"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi — Superligada 2-turning eng yaxshilari        

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy — Superligada 3-turning eng yaxshilari        

O'zbekiston MTJ sobiq darvozaboni, "Neftchi" hujumchisi va 53 yoshli murabbiy — Superligada 4-turning eng yaxshilari        

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner — Superligada 5-turning eng yaxshilari        

"Шerlar"dan ikki vakil, 9 ta seyv qilgan posbon va xunuk gol urishni bilmaydigan legioner — Superligada 6-turning eng yaxshilari        

Ўхшаш янгиликлар