"Asabiy o'yin bo'ldi, qancha vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Шukurki, raqib darvozamizni ishg'ol qilgani yo'q. G'alaba uchun gol urish kerak. 8 ta yaqqol golli vaziyat yaratdik. Bugun biz kam foydalanayotgan yigitlarga imkon berdik. Kimdir yaxshi taassurot qoldirdi, yana kimdir boshqacha. Lekin bunday vaziyatlardan foydalanish kerak. Ishlashda davom etamiz",- deydi Sergey Lushchan.
- Balki suniy maydon tasir qilgandir...
- Hammasi tushunarli. Biz 2 kun suniy maydonda shug'ullanishga harakat qildik. Yigitlar bu borada ko'nikmani biroz bo'lsada olishdi. Bugun ayniqsa dastlabki 15-20 daqiqada maydonga moslashishdi. Boshqa jamoa ham bu erda o'ynaydi. Шunday ekan maydonga tushib o'ynash kerak. O'yin haqiqiy asabiy ruhda o'tdi. Oxirgi daqiqalarni aytmasa ham bo'ladi.
- Yoshlar tarkibda maydonga tushdi. Bu qolganlarni asrash uchun edimi?
- Albatta. Hozir jarohat bilan bog'liq muammolarimiz bor. Zabihillo O'rinboevga suniy maydon umuman taqiqlangan. Jiyanovni imtihoni bor. Pedroni ham ko'rishimiz kerak. Bugun asosiy tarkibning ko'p qismiga dam bermoqchi edik, chunki suniy maydon, jarohatlar ehtimoli yo'q emas. 3 kundan keyin yana o'yinimiz bor.
-Bunday raqibga qarshi ruhan tayyorlanish qiyin bo'lmadimi?
- Men tushunmayman, futbolchi shu kasbni tanlaganmi, demak har qanday jamoa bilan o'ynashi kerak. "Real" yoki "Oqtepa" buning farqi yo'q. Tayyorlana olmadingmi borib boshqa ish bilan shug'ullan. Futbolchi professional. U shu uchun pul oladi.