Tiklanish davrida futbolchi alohida dastur bo'yicha shug'ullangan bo'lsa-da, Erling chorshanba kuni umumiy guruhga qo'shildi.
"Шaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola payshanba kuni "Vulverhempton"ga qarshi o'yin oldidan o'tkaziladigan matbuot anjumanida hujumchining maydonga qaytishi mumkin bo'lgan sana haqida batafsil malumot berishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xoland "Bornmut"ga qarshi kubok o'yinida jarohatlanib, stadionni qo'ltiqtayoqda tark etgan edi.