Xavyer Maskerano Lionel Messiga bog‘lanishda hech qanday muammo ko‘rmayapti.
"Inter Mayami" hujumchisi to‘rtta o‘yindan beri gol ura olmadi. Jamoa KONKAKAF Chempionlar Kubogidan chiqib ketdi, ikki marta "Vankuver"ga yutqazdi.
"Turli jamoalar Messiga qaram edi. Gvardiolaning "Barselona"si unga yillar davomida bog‘liq edi, Luis Enrikening "Barselona"si, Valverdening "Barselona"si ham, Argentina terma jamoasi ham 15 yoki 20 yil davomida unga bog‘liq edi.
Boshqacha aytganda, Messidek o‘yinchi bo‘lsa, unga bog‘liq bo‘lib qolasiz. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas" - dedi "Inter Mayami" bosh murabbiyi.