"Madrid Xtra" nashrining yozishicha, klubdagilar jamoaga yangi keladigan bosh murabbiy Xabi Alonsoning yangi mavsum uchun rejasiga kirmaydigan futbolchilar bilan ishlashini mantiqsizlik deb hisoblashgan.
Solarida "Real" bosh murabbiyligi bo'yicha tajriba bor. U 2018 yilda Xulen Lopetegidan jamoani qabul qilib olgan va klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinini qo'lga kiritgandi.
Solari 2000-2005 yillarda "Real" tarkibida o'ynagan. O'shanda u jamoa bilan bir marta ECHL va ikki marta Ispaniya chempionligi sovriniga ega chiqqandi. Ayni damda u "Real" tizimida ish olib bormoqda.