Lautaro Martinesda hali imkon bor

  • Mr.NoBoDy 03.05.2025 00:16
  • 165
  • 30

Lautaro Martinesning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi inkor qilinmayapti.

"Inter" hujumchisi "Barselona"ga qarshi ilk o'yinning birinchi bo'limida jarohat orttirib olgan va ikkinchi bo'limda maydonga tushmagandi.

Bugun aniqlanishicha, futbolchining chap boldiri mushaklarida jarohat kuzatilgan. Avvaliga futbolchining 2-3 haftaga safdan chiqqani yozilgandi. Bugun "Sky Sport Italia" yozgan malumotiga ko'ra, futbolchi 7-10 kunni o'tkazib yuboradi. Uning "Barselona"ga qarshi javob o'yinida qaydnomaga kiritilishi uchun imkoniyat bor.

Javob o'yini 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi o'tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар