"Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. "Andijon" muxlislariga ham rahmat. Ajoyib muhit ostida o'tgan asabiy o'yin bo'ldi. Shogirdlarimga ham rahmat aytaman. Bugun mag'lub bo'lgan taqdirda ham futbolchilarni urushish niyatim yo'q edi. Futbolda bunday uchrashuvlar bo'lib turadi. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. To'p nazorati ham bizda edi va G'iyosov gol urdi. Futbolda mana shunday qiziqarli voqeiyliklar uchrab turadi. Butun jamoa Dilshod Yoqubovni qo'llab-quvvatlashdi va yanada ko'proq harakat qilishdi. Birinchi golda biroz hayajon kuzatilgandek. Ikkinchi golni esa barcha ko'rdi. Uchinchi gol ham tushunarli. Yaqin burchak gol o'tkazib yuborilsa, bu darvozabonning xatosi deya futbol o'rgatishgan men yosh vaqtlarimda. Shunga qaramay, jamoa o'zida kuch topa oldi. Yigitlar borini berib o'ynashdi. "Andijon"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman", - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs yakunlangach.
- Uchrashuvdagi asosiy hodisalari ikkinchi bo'limda ro'y berdi. OKMK 1:3 hisobida mag'lub bo'layotgan chog'i, jamoangiz kambek amalga oshira olishini qanchalik kutgan edingiz?
- Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Shu sababli futbol butun dunyodagi eng mashhur sport turi. Menga shijoat va oxirigacha kurashish muhim, ammo qalbimning tubida gol urish va durang qayd etishga intilish niyati bor edi. Yaratganga shukr, bizni harakatimizga yarasha mukofotladi.