Pedru Moreyra: "O'zbekiston chempionati oson emas. Yigitlarim bugunga o'yinda oxirigacha harakat qilib, xarakter ko'rsatishdi"

  • Mr.NoBoDy 03.05.2025 23:08
  • 84
  • 30

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra Superliga 8-tur doirasidagi "Surxon" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O'zbekiston chempionati oson emas. Har bir jamoa kurash taklif qiladi, bugun ham buning misolini ko'rdik. Ikki jamoa ham faol harakat qildi, ammo ko'rganingizdek bir kishi kam bo'lib qoldik. Ammo, shunga qaramay yigitlarim harakat qilishdi. Ularga doim klubga yordam berishlarini aytaman. Albatta, bugungi o'yinda ham yutishga harakat qilishdi. Ammo, hozirgi formada bu qiyinroq vazifa edi. O'yin boshidanoq noodatiy boshlangani uchun qiynaldik. Ammo, o'yinchilarim o'yin so'nggida ham harakat qilgan holda xarakter ko'rsatishdi, — dedi Moreyra.

Ўхшаш янгиликлар