O'yin haqida
— Bo'lim bo'lim taktik jihatdan o'tdi. "Paxtakor" vertikal va uzun uzatmalar orqali o'ynashini bilardik. Bunga qarshi tura oldik. Tanaffusda esa vaziyatlar bo'lishini aytgandik va gol urish kerakligini takidlagandik. Yarimta vaziyatdan ham foydalanib ketganimiz yaxshi bo'ldi. To'p o'tkazib yuborganimiz esa yoqmadi, shunday vaziyatlarda va to'pni egallash chog'ida oxirigacha o'ynamayapmiz. Bundan tashqari, zaxiradan o'yinga qo'shilganlar yaxshi o'ynay olishmadi. Umuman olganda, yigitlarni tabriklayman, shuningdek muxlislarimiz ham tabriklash uchun kelishdi.
— 22 yildan so'ng Termizda g'alaba qozonganimizning o'zi bilan tarix bo'ldi, buning uchun rahmat. So'nggi o'yinlarni kuzatadigan bo'lsak, "Surxon"da faqatgina chap qanot ishlayapti. Doston Tursunov umuman o'yinni nazorat qilmoqda. Asilbek Jumaev va Sunnatillo Hamidjonov faqatgina o'ng qanotga uzatmalarni amalga oshirmoqda. Negadir o'ng qanotimiz zaif, buning sababi nimada?
— Ha, "Mashal"ga qarshi o'yinda ham o'ng qanotda faollik etishmagandi. Yigitlar bunday o'yinga to'liq borlarini berishlari kerakligini tushunishlari kerak. Har ikki qanotda ham ustunlik bo'lishi kerak. Sunnatulloh Hamidjonov va Sunnatilla Poyonovda qandaydi qo'rquv yoki diskomfort bormi, bilmadim. Hujumda ko'proq faollik kerak.
— Bugungi o'yindan oldin Kubok bahsida rotaciya qilgandingiz va buni "Paxtakor" bilan o'yinga etiboringizni qaratishingiz bilan izohlagandingiz. Bugungi o'yinda "Paxtakor"dan nima kutgandingiz?
— Bugun ko'rganlarimni kutgandim, boshqacha o'yin yo'q. Ularning Termizga kelishidan biroz xavotir bor edi, ammo biz jamoaviy harakat qilib, ajoyib o'ynadik. O'yindan oldingi rejalarimiz amalga oshdi.