"Og'ir o'yin bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, birinchi bo'limda ikki-uchta qulay imkoniyatga ega bo'ldik. Ammo na birinchi, na ikkinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bellashuv so'ngida esa gol o'tkazib yubordik va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldik.
Hozirda eng katta muammo – jismoniy holat. Endilikda g'alaba qozonish yo'llarini qidirishimiz kerak. Lekin biz taslim bo'lmaymiz. Kurashib, keyingi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Biz ko'proq diqqat-etiborli bo'lishimiz kerak, bu nafaqat himoyachilar, balki barcha o'yinchilarga tegishli, butun jamoa maydonda to'pni yaxshiroq nazorat qilishi lozim, shundagina o'yin sifati yaxshilanadi", dedi xorvatiyalik futbolchi.