Tomonlar yangi bitim imzolashga yaqinlashmoqda. Vestonning "keksa sinora" bilan yangi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Amaldagi kelishuv muddati 2025/2026 yilgi mavsum oxirida tugaydi. Makkenni joriy mavsum 40 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
"Yuventus" A Seriyaning 34-turidan so'ng 62 ochko jamg'arib, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.