Kazemiro MYUda Ronaldu darajasida pul ishlashni boshlashi mumkin

  • Mr.NoBoDy 04.05.2025 12:40
  • 111
  • 30

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro katta miqdorda maosh olishi mumkin.

Qayd etilishicha, agar jamoa Evropa Ligasida g'alaba qozonsa va shu orqali Chempionlar Ligasiga yo'llanma olsa, bu holat ro'y beradi.

Agar jamoa bunga erishsa, 33 yoshli braziliyalik haftasiga 500 ming funt maosh ola boshlaydi. Krishtianu Ronaldu klubga ikkinchi marta kelganida shuncha maosh olgan.

"Manchester Yunayted" Evropa Ligasi yarim finalida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ilk o'yinda "qizil iblislar" 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

Ўхшаш янгиликлар