Qayd etilishicha, London klubi bosslari futbolchini yozgi transferlar uchun o'z ro'yxatiga kiritgan. Lukmanning o'zi ham APLga qaytish ehtimoliga ijobiy qaramoqda. U karerasida keyingi qadamni qo'ymoqchi. Avvalroq OAVda nigeriyalik futbolchi yozda "Liverpul" va "Yuventus"ga ham o'tishga urinib ko'rishi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Ademola Lukman joriy mavsum "Atalanta" safida 37 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi ularda "gol+pas" tizimida "18+7" ko'rsatkichini qayd etishga muvaffaq bo'ldi.