Adliya vazirligi tomonidan "Lokomotiv" futbol klubining rasmiy belgisi xizmat ko'rsatish belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi.
Tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan belgilardir.
Bungacha "Paxtakor" futbol klubining belgisi ro'yxatdan o'tkazilgan va huquqiy muhofazaga olingan edi.
Lekin O'zbekistondagi boshqa hech bir futbol klubi o'z rasmiy belgisini tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazmagan.