"Andijon" sobiq futbolchisi O'zbekiston, Qozog'iston va Belarus chempionatlarini o'zaro solishtirdi

  • Mr.NoBoDy 05.05.2025 12:40
  • 75
  • 30

"Turon" yarim himoyachisi Abinur Nurimbet 20 yoshida uchta chempionat – Belarus, O'zbekiston va Qozog'istonning yuqori divizionlarida to'p tepishga ulgurdi.

U o'z tajribasidan kelib chiqib, ushbu ligalarni solishtirdi.

"Belarusda oliy liga darajasidagi ilk tajribamni orttirdim. Kattalar futboliga o'tishimda mahalliy murabbiylarning menga bo'lgan ishonchi va qo'llab-quvvatlashi ko'zga tashlangandi.

O'zbekistonda ko'pchilik futbolchilar yuqori darajadagi texnikaga ega bo'lib, mahoratni tezlik bilan namoyish eta olishadi. Qozog'iston chempionati bilan taqqoslash hozircha men uchun mushkul, chunki mavsum endigina boshlandi", – dedi Nurimbet.

Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum "Turon" safida 8 uchrashuvda ishtirok etdi. U QPLdagi debyut mavsumidayoq Turkiston jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lib oldi.

Eslatib o'tamiz, Abinur Nurimbet 2024 yil bir muddat "Andijon"da o'ynagan va "burgutlar" tarkibida 6 ta o'yin o'tkazgan edi.

Ўхшаш янгиликлар