Futbolda tezlik bo'yicha jahon rekordi yangilandi

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 15:48
  • 150
  • 30

"Santa-Klara" o'yinchisi futbol olamida jahon rekordini yangiladi.

Shanba kuni Portugaliya chempionatida "Santa-Klara" o'z maydonida "Famalikan"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.  

Ikkinchi taymga qo'shib berilgan vaqtda mehmonlar hujumchisi Gabriel Silva sprint vaqtida 40,3 km/soat tezlikka erishdi. Bu ko'rsatkich STATSports kompaniyasining GPS malumotlari yordamida qayd etildi.  

Klub bayonotiga ko'ra, futbolchi "Nyukasl" markaziy himoyachisi Sven Botmanning 39,21 km/soatlik natijasini ortda qoldirib, yangi jahon rekordini o'rnatdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar