Londonliklar asosiy etiborni "RB Leypcig"ning sloveniyalik hujumchisi Benyamin Sheshkoni sotib olishga qaratgani aytilmoqda.
Sloveniyalik futbolchi Bundesliganing o'tgan turida 33 ta uchrashuv o'tkazib, ularda 13 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Futbolchining "buqalar" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali markaziy hujumchini 65 mln evroga baholamoqda.