U mashg'ulot jarayonini kuzatdi hamda O'zbekistonga qarshi o'yinda yaxshiroq o'yin ko'rsatish va ijobiy natijaga erishish, qolaversa, saralash bosqichida qolgan barcha imkoniyatlarini ishga solishga chaqirdi.
BAA Abu-Dabi shahridagi Muhammab ibn Zaid nomidagi stadionda mashg'ulot o'tkazmoqda. Associaciya prezidenti direktorlar kengashi, hamkorlar va butun BAA futbol oilasi jamoaning orqasida turgani va JCH-2026 saralashida ijobiy natijaga erishish uchun barcha zarur yordam ko'rsatilishini takidladi.
U murabbiy Kosmin Olariu va uning yordamchilarini qutlab, terma jamoada muvaffaqiyatlar tiladi. Kosmin BAA futboli va uning elementlari haqida ko'p narsa bilishini, shu bosqichda jamoani boshqarishga eng munosibi ekanligi, BAA futbolida katta yutuqlarga erishayotgani takidlab o'tildi.
Shayx Hamdan ibn Muborak shunday dedi:
"Biz futbolchilarning uzoq mahalliy mavsum va ko'plab xorijdagi o'yinlardan so'ng milliy terma jamoaga qo'shilish istagini qadrlaymiz, shu bilan birga, ular bu to'plangan tajribadan foydalanib, qolgan o'yinlarda jamoa manfaati yo'lida mehnat qilishlariga ishonamiz".