"Bayer" "Liverpul"ga ikkinchi marta yo'q dedi

  • Mr.NoBoDy 02.06.2025 16:40
  • 147
  • 30

Leverkuzenning "Bayer" klubi "Liverpul"ning yarim himoyachi Florian Virc transferi uchun 130 million evrolik ikkinchi taklifini rad etdi.

Nemis klubi futbolchi uchun 150 million evro talab qilmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi.

O'tgan mavsumda Virc barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 140 million evroni tashkil etadi.

22 yoshli germaniyalik futbolchiga "Manchester Siti" va "Real" ham davogarlik qilmoqda.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar