MYU 62 million funtga sotib olgan Mateus Kunyaning shartnoma shartlari bilan tanishamiz

  • Mr.NoBoDy 02.06.2025 17:08
  • 129
  • 30

Mateus Kunya "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Mankunianliklar braziliyalikning "Vulverxempton" bilan shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirishdi.

Uni qishdan beri taqib qilishardi: The Guardian nashrining yozishicha, Ruben Amorim darhol Kunyani o'nlik roli uchun asosiy nishon sifatida belgilagan va Mateusni hujumni tashkil etishda asosiy shaxs deb hisoblaydi.

MYU tarkibni qayta qurishni Kunyani imzolashdan boshladi. Bitim tafsilotlari:

- narxi - 62,5 million funt. Kunyaning "Vulverxempton" bilan shartnomasiga ko'ra, bu summa ikki yil ichida uch qismga bo'lingan holda to'lanishi kerak.

- shartnoma 2030 yilgacha tuzildi, MYUda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

- The Telegraph nashri muxbiri Jon Persining yozishicha, Kunyaning maoshi anchagina o'sadi: u "Yunayted"da haftasiga "Vulvz"da olganidek 120 ming funt emas 200 ming funt oladi. The Athletic’dan Lori Uituellda esa boshqa malumot bor: fevral oyida Kunya "Vulverxempton" bilan haftasiga 150 ming funtlik shartnoma imzolagandi. Har qanday holatda ham Mateus faqat yutadi.

Braziliyalik futbolchiga "Arsenal" va "Nottingem Forest" jiddiy qiziqish bildirayotgandi, biroq Kunya Evropa Ligasi finalidan oldinroq "Yunayted"ga o'tishga rozi bo'lgandi. Fabricio Romano "Tottenxem"ga qarshi o'yindan bir necha kun oldin Mateus MYU loyihasini maqullaganini malum qilgandi.

Keyinchalik BBC qo'shimcha qildi: Kunya "Yunayted"ning avvalgi buyukligini tiklash vazifasidan ilhomlangan.

APLdagi mavqei pastligi va keyingi mavsumda evrokuboklar yo'qligiga qaramay, Kunya hamon "Yunayted"ni buyuk deb hisoblaydi va bu transferni tavakkal qadam sifatida qabul qilmaydi. 


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar