"Chelsi" o'z akademiyasida o'ynagan futbolchini 50 million funtga qayta sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 02.06.2025 17:32
  • 147
  • 30

Londonning "Chelsi" klubi iyun oyi o'rtalariga qadar Jeymi Gittensni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Londonliklar yarim himoyachi transferi bo'yicha Dortmundning "Borussiya" klubi bilan muzokara olib bormoqda. Londondagilar kelishuvni ikkala jamoa ham klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'l olishidan oldin amalga oshirishmoqchi. Turnir 15 iyun kuni AQSHda boshlanadi. Aslida "Chelsi" yanvar oyidayoq futbolchiga so'rov yuborgandi.

Angliyalik futbolchi bir muddat "ko'klar" akademiyasida shug'ullangan, ammo professional faoliyatini Germaniyada boshlashga qaror qilgan. 20 yoshli vingerning transfer narxi taxminan 50 million funt bo'lishi kutilmoqda, uning shartnomasida ham taxminan shuncha miqdorda tovon puli belgilangan.

"Chelsi" "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan Jeydon Sanchoning kelajagi mavhumligini inobatga olib, bor etiborini mana shu bitimga qaratgan. London klubi Sanchoni 20-25 mln funtga sotib olishi shart (chunki "Chelsi" APLning top-14 taligidan joy oldi) yoki 5 million funt jarima to'lashi kerak.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar