O'zbekiston Kubogi. Futzalchi va jamoalar qanchadan mukofot pullari olishdi?

  • Mr.NoBoDy 02.06.2025 23:48
  • 129
  • 30

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi finalida BMB hamda "Oil Star" to'qnashuvi guvohi bo'ldik.

Unda BMB jamoasi 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va sovrinni boshi uzra balanda ko'tardi.


Taqdirlash marosimida musobaqada sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalarga mukofot pullari topshirildi.


O'zSQB va OKMK (3-o'rin sohiblari) - 50 mln. so'mdan

"Oil Star" (finalchi) - 100 mln. so'm

BMB (O'zbekiston Kubogi g'olibi) - 200 mln. so'm






Taqdirlash marosimida O'zbekiston kubogi-2025 ramziy terma jamoasidan o'rin olgan futzalchilar ham taqdirlandi — Rustam Umarov; Muzaffar Ahadjonov; Bexruz Samiev; Akbar Usmonov; Xebbert Oliveyra Bolt.


Taqdirlash davomida turli nominaciyalarda eng yaxshi futzalchilar elon qilindi:


Eng yosh umidli futzalchi - Bekzod Mirqosimov (BMB, 5 mln. so'm)

Eng yaxshi darvozabon - Rustam Umarov ("Oil Star", 10 mln. so'm)

Eng yaxshi murabbiy - Fuzuli Xayrullaev ("Oil Star", 10 mln. so'm)

Eng yaxshi to'purar - Muzaffar Ahadjonov (BMB, 10 mln. so'm)

Eng yaxshi futzalchi - Xebbert Oliveyra (BMB, 10 mln. so'm)






Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar