"Manchester Siti" bosh murabbiyidan "shaharliklar"ning "Espanol" darvozaboni Joan Garsiyaga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berishni so'rashdi, u "Barselona"ga o'tishga yaqin.
"Matbuot xabarlariga qaraganda, "Siti" 500 o'yinchiga qiziqmoqda. "Espanol" posboni Joan Garsiya qanday formadaligini bilmayman. Menga u ajoyib darvozabon deb aytishdi.
Darvozabonlik masalasida men ko'p narsani tushunmayman. Men ularga faqat to'pni to'xtatishlarini aytaman.
Bir necha haftadan beri keyingi mavsum rejalari haqida gaplashyapmiz. Ederson va Shtefan Ortega bizda o'ynashda davom etadi", – dedi Gvardiola.