Messi Chiliga qarshi o'yinda asosiy tarkibda o'ynaydimi? Skaloni javob berdi

  • Mr.NoBoDy 04.06.2025 22:56
  • 75
  • 30

Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining aytishiga ko'ra, Leo Messi Chiliga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor.

JCH-2026 saralashi doirasidagi o'yin ertaga, 6 iyun oqshomida o'tkaziladi. Biroq Messining asosiy tarkibda o'ynashi hali so'roq ostida.

"U bilan gaplashib oldim va doimiy suhbat olib boryapmiz. So'nggi vaqtlarda u bilan yaxshi aloqa o'rnatganmiz. Lekin hali ham uning asosiy tarkibda tushishi borasida bir qarorga kelmadik. Umuman olganda u o'yinga tayyor, qarorni biz chiqaramiz.

Albatta, bizda boshqa variantlarni sinab ko'rish yo'limiz ham bor. O'tgan shanba kuni u yaxshi o'yin o'tkazdi. Shu sababli Leoning jismoniy holatini yaxshiroq bilib olishimiz kerak", - dedi murabbiy.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar