O'tkir Yusupov: "Bugun ota-onamning duosini olib, darvozam dahlsizligini saqlab qolishni niyat qilib tushgandim"

  • Mr.NoBoDy 06.06.2025 00:40
  • 69
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi posboni O'tkir Yusupov BAAga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Bu yutuq bilan butun xalqimizni tabriklayman. Prezidentimiz ishonchi va xalqimizning duosi bilan shu yutuqqa erishdik. Uzoq yillardan beri armon bo'lib kelgan ishni amalga oshirdik. 

Bugun bizni durang ham qoniqtirardi. Havo juda issiq, namlik baland edi. O'zimizning shifokorlar, shuningdek, CSKAdan ham shifokorlar kelib, bizga ancha yordam berishdi. Issiqda tanadan ko'p miqdorda suv chiqadi, ular aynan shuni vitaminizaciyalashtirib, ancha yordam berishdi. Bugun yaxshi o'ynab, natijaga erishdik.

- Bugun darvozangiz oldida juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. O'yinga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?

- Har bir darvozabon o'yinga chiqishdan oldin gol o'tkazib yubormaslikni maqsad qiladi. Bugun men ham ota-onamning duosini olib, darvozam dahlsizligini saqlab qolishni niyat qilib tushgandim. Bu orqali jamoaga yordam berganimdan xursandman.

- Qaysi vaziyat murakkabroq bo'ldi?

- Har bir epizod o'ziga yarasha. Raqib hujum qilaverganidan keyin bosim bo'ladi. Ularning hujumlarini bartaraf qila oldik, - dedi Yusupov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar