BAAga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan Oston O'runov Qatarga qarshi o'yinda umuman qaydnomada bo'lmaydi.
O'zbekiston termasi murabbiylar shtabi O'runovning o'rnini Bobir Abdixoliqov bilan to'ldiradi. Garchi Abdixoliqov orden qabul qilib olmasa-da, so'nggi o'yinda ishtirok etadi.
Ushbu mavsumda Ozarbayjonning "Sumqayit" jamoasida harakat qilgan hujumchi 13 o'yinda 4 gol va 3 assist qayd etdi.
O'zbekiston termasi tarkibida u 18 bahsda 1 marta raqiblari darvozasiga yo'l topgan.