Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni “Atletiko Madrid“da ijara asosida o'tkazdi. Langle transferi uchun pul to'lamoqchi bo'lmagan “matraschilar“ safiga qo'shilish uchun kataloniyaliklar bilan shartnomasini bekor qilmoqchi.
Franciyalik futbolchi 2018 yilning yozida ispan grandiga “Sevilya”dan ko'chib o'tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 160 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi.