Bugun Osiyo Kubogiga saralash o'yinlari bo'lib o'tadi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2025 11:56
  • 156
  • 30

Bugun Jahon chempionati saralash bosqichining Osiyo mintaqasi uchinchi raund so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Bugun shuningdek, Osiyo Kubogi-2027 musobaqasiga ham saralash davom ettiriladi. Malumot uchun, 2027 yilgi Osiyo chempionati Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va 24ta terma jamoa qatnashadi.

Hozirgi paytga kelib Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Quvayt, Qirg'iz Respublikasi.

Demak, 24ta jamoadan 18tasi Osiyo chempionatiga chiqqan va 6 jamoa keyinroq aniq bo'ladi. OFK mana shu oltita jamoani aniqlab olish uchun alohida musobaqa tashkil etgan bo'lib, o'yinlar 25 mart kuni start olgandi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi.

 Hal qiluvchi raundda jami 24ta terma jamoa ishtirok etmoqda va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Musobaqa qoidalariga muvofiq faqat guruh g'oliblari Osiyo Kubogi ishtirokchisiga aylanadi. Yani har bir guruhdan bitta jamoa chiqadi. O'yinlar kelasi yil 31 martga qadar davom etadi.

A guruhi. 1-tur. 25 mart
Tojikiston - Sharqiy Timor 1:0
Filippiin - Maldiv 4:1

2-tur. 10 iyun
 Sharqiy Timor - Maldiv
Filippin - Tojikiston

B guruhi. 1-tur. 25 mart
Butan - Yaman 0:0
Livan - Bruney 5:0

2-tur. 10 iyun
Bruney - Butan
Yaman - Livan

C guruhi. 1-tur. 25 mart
Singapur - Gonkong 0:0
Hindiston - Bangladesh 0:0

2-tur. 10 iyun
Gonkong - Hindiston
Bangladesh - Singapur

D guruhi. 1-tur. 25 mart
Xitoy Taypeyi - Turkmaniston 1:2
Tailand - Shri Lanka 1:0

2-tur. 10 iyun

Shrin Lanka - Xitoy Taypeyi
Turkmaniston - Tailand

E guruhi. 1-tur. 25 mart
Myanma - Afg'oniston 2:1
Suriya - Pokiston 2:0

2-tur. 10 iyun
Myanma - Pokiston
Afg'oniston - Suriya

F guruhi. 1-tur. 25 mart
Vetnam - Laos 5:0
Malayziya - Nepal 2:0

2-tur. 10 iyun
Laos - Nepal
Malayziya - Vetnam

O'z guruhlarda peshqadamlik qilayotgan jamoalar: Filippin, Livan, Bangladesh, Turkmaniston, Suriya, Vetnam.

X.Xoliqov

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar