Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, PSJ yarim himoyachisi klubning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, "Al Nassr" hali parijliklarga rasmiy transfer taklifini jo'natgani yo'q.
Avvalroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Ruisni "Oltin to'p"ga davogarlardan biri deb atagan edi.