JCH-2026 saralashi. Osiyo grandi Indoneziyani "savaladi"

  • Mr.NoBoDy 10.06.2025 17:56
  • 165
  • 30

JCH-2026 saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan Yaponiya – Indoneziya bellashuvi yakuniga etdi.

Unda Osaka shahridagi "Suyta" stadionida Indoneziyani qabul qilgan Yaponiya yirik hisobda g'alaba qozondi – 6:0. Mezbonlarning gollariga Kamada (2 ta), Kubo, Morishita, Machino va Xosoya mualliflik qildi.

Shu tariqa "samuraylar" guruh bosqichini 23 ochko bilan etakchi sifatida yakunladi. Indoneziya 12 ochko bilan to'rtinchi pog'onani band etdi va 4-saralash bosqichida ishtirok etadi. 

JCH-2026 saralash bosqichi

"C" guruhi. 10-tur

Yaponiya – Indoneziya 6:0

Gollar: Kamada 15', 45+6', Kubo 19', Morishita 55', Machino 58', Xosoya 80'

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar