JCH-2026 saralashi. Osiyo grandi Indoneziyani "savaladi", Xitoy so'nggi daqiqalardagi gol evaziga g'alaba qozondi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2025 18:16
  • 147
  • 30

JCH-2026 saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan Yaponiya – Indoneziya, Xitoy – Bahrayn bellashuvlari yakuniga etdi.

Unda Osaka shahridagi "Suyta" stadionida Indoneziyani qabul qilgan Yaponiya yirik hisobda g'alaba qozondi – 6:0. Mezbonlarning gollariga Kamada (2 ta), Kubo, Morishita, Machino va Xosoya mualliflik qildi.

Shu tariqa "samuraylar" guruh bosqichini 23 ochko bilan etakchi sifatida yakunladi. Indoneziya 12 ochko bilan to'rtinchi pog'onani band etdi va 4-saralash bosqichida ishtirok etadi. Pley-off masalasini hal etolmagan ikki terma – Xitoy hamda Bahrayn o'rtasidagi bahsda mezbonlar zafar quchdi. Golni 90+3-daqiqada Van Yuydun penaltidan urdi. 


JCH-2026 saralash bosqichi

"C" guruhi. 10-tur

Yaponiya – Indoneziya 6:0

Gollar: Kamada 15', 45+6', Kubo 19', Morishita 55', Machino 58', Xosoya 80'


Xitoy – Bahrayn 1:0

Gol: Van Yuydun penalti 90+3'

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar