Timur Kapadze: "Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz"

  • Mr.NoBoDy 10.06.2025 21:56
  • 120
  • 30

JCH-2026 uchinchi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze va yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev fikrlarini bildirdi.

"Hammani g'alaba bilan tabriklayman. Bayram bayramdek bo'ldi. O'yinimiz ham, natija ham yaxshi ko'rinish oldi. Xalqimizni Jahon chempionatiga chiqqanimiz bilan yana bir bor muborakbod etaman",- deydi Timur Kapadze. 

"Barchani chin qalbimdan tabriklayman. Bizga ishonch bildirgan qo'llab quvvatlagan g'alabamizga sherik bo'lganlarga rahmat aytaman",- deydi Azizbek Turg'unboev. 

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi qanday? Malumotlarga qaraganda CAFA musobaqasi va Amerika jamoalari bilan o'ynar ekanmiz... 

- Bor etiborimiz BAA va Qatar bilan o'yinlarga qaratilgan edi. Albatta, Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz. O'ylaymanki, musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Hujumda birdaniga 2 ta hujumchidan foydalanish yoki boshqa taktikalar haqida fikringiz...

- 3 talik yoki 4 talik taktikada o'ynashimiz borasida ko'p o'yladik. Bugun yigitlar raqibga imkoniyat berishmadi, o'yinni nazorat qilishdi. Albatta, tarkibdagi futbolchilarimiz sog' va salomat bo'lib tursa, holati yaxshi bo'lsa, rotaciyalar qilamiz, turli taktikalardan foydalanamiz. 

- Shu paytgacha terma jamoada vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi rolida edingiz. Shartnoma borasida rahbariyat bilan gaplashib oldingizmi?

- Bu savolni rahbariyatga berganingiz maqul

Ўхшаш янгиликлар