"Real"da Trentning himoyadagi o'yinini yaxshilash ustida ishlamoqda va uni asosiy burchak to'pi ijrochisi qilishni rejalashtirmoqda

  • Mr.NoBoDy 16.06.2025 22:48
  • 75
  • 30

"Real" Trent Aleksander-Arnoldni burchak to'plarining asosiy ijrochisi qilishni rejalashtirmoqda.

As malumotlariga ko'ra, Madrid klubining murabbiylar shtabi ingliz o'yinchisini avvaldan burchak to'plarining asosiy ijrochilaridan biri sifatida ko'rgan.

"Real"ning klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga uchishidan oldin Trent mashg'ulotda himoyadagi o'yin va standart vaziyatlarni mashq qildi. Xabarlarga ko'ra, himoyachi klub murabbiylari va sheriklarida ijobiy taassurot qoldirgan.

Trent klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real"ning asosiy o'ng qanot himoyachisi bo'ladi. Madrid klubi mundialdagi ilk o'yinini 18 iyun kuni "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar