Farhod Nishonov: "Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni o'zgartirib yubordi, faqat yomon tomonga"

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 00:32
  • 84
  • 30

Pro-liganing 9-turida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Olimpik-Mobiuz" bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Muxlislarbop yaxshi o'yin bo'ldi. Ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq bulardan gol ura olmayapmiz. O'yinning boshini juda yomon boshladik va oxirida tajribasizlik qildik. Shuni hisobiga gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda barchasi reja ostida o'tdi. Lekin omad "Lokomotiv"ga kulib boqdi.

- Jamoangizning o'yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- To'g'risini aytaman, jamoamning o'yinidan qoniqmadim. Hozirgi futbolda zaxira futbolchilarisiz hech bir jamoa chempionlikni qo'lga kirita olmaydi. Bugun bizning zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yinni o'zgartirib yubordi, faqat yomon tomonga.

- Turdan turga ko'ryapmizki, Superligaga chiqishga kurash kuchaymoqda. "Olimpik-Mobiuz" esa oldiga chempionlikni maqsad qilib qo'ygan ko'rinadi.

- Chempionlikka erishishimiz uchun hamma narsamiz bor, sharoitlar yaratilgan. Yosh futbolchilarning rivojlanishi uchun bundan ortiq sharoit bo'lmaydi. Bizning maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish, futbolchilarda g'oliblik ruhini tarbiyalash. O'zbekiston terma jamoasiga zaxira futbolchilarini etkazib berish. Bu o'yinni esdan chiqarib, keyingisini o'ylaymiz. Hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. "Lokomotiv"ni taqib qilamiz. Ularning bo'shashishiga yo'l qo'ymaymiz. Maqsadimiz Superligaga chiqish, bu uchun barcha ishni qilamiz.

- Bu tarkib keyingi Olimpiada o'yinlariga tayyorlanadigan tarkibning o'zagimi?

- Shunaqa desak bo'ladi. Bu tarkibda Olimpiada yoshi bo'lgan 2005, 2006 yilda tug'ilgan futbolchilarni yig'ganmiz, mana 2007 yillarni ham tarkibga jalb qilyapmiz. Bizda vaziyat sal boshqacha. "Olimpik" loyihasi bizda ham davom etyapti. Buning uchun sharoitlar yaratilgan. Lekin asosiy futbolchilarimiz Superligada o'ynamoqda. Superligada o'ynayotgan futbolchilarga tegmayapmiz. Oldingi "Olimpik"da eng zo'r futbolchilar yig'ilgandi. Bizda esa vaziyat boshqacha. Agarda futbolchilarimga Superliga jamoalaridan takliflar bo'lsa, ularni qo'yib yuboramiz. Ularning o'rniga boshqa futbolchilarni tayyorlaymiz.

- "Lokomotiv"ga qarshi birinchi o'yindan farqli ravishda jamoa boshqacha, sekinroq o'ynadi. O'sha o'yinga qaraganda rejalar qanchalik o'zgardi?

- Rejalar o'zgarmadi. Buni charchoq alomatlari deb o'ylayman. Kamiga issiq bo'ldi. FIFA kunlarida bir qancha futbolchilar terma jamoaga jalb qilingandi. Bu o'z so'zini aytdi. Asosiy futbolchilarimiz tiklana olmagan, bu ko'rinib turibdi. Barchasi charchoq alomatlari bilan bog'liq deb o'ylayman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar