"Real" Braim Diasning kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 12:48
  • 114
  • 30

Braim Dias o'tgan mavsumdagi o'yinlari bilan hayratda qoldirdi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Real" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarning so'nggi bosqichida.

"Marca"ning xabar berishicha, kelishuvga erishilgan va klub 2027 yilning yoziga qadar hisoblangan joriy muddatdan keyin shartnomani yana bir necha yilga uzaytirishga tayyor.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, yangi bitim 2030 yilgacha mo'ljallangan. Tez orada rasmiy xabar elon qilinishi kutilmoqda.

Shartnoma uzaytirilishiga 2024/25 yilgi mavsumdagi ko'rsatkich sabab bo'lib, unda asosan zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirgan Dias 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo'ygandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar