Tebas "Barselona" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga hali tayyor emasligini malum qildi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 22:32
  • 93
  • 30

La Liga prezidenti "Barsa" hali ham futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligini takidladi.

Avvalroq, Kataloniya klubi "Espanol" darvozaboni Joan Garsiyani 25 million evroga sotib olish opciyasini faollashtirganini xabar qilingan edi. Shuningdek, "Barselona" "Atletik" hujumchisi Niko Uilyams bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda La Liga prezidenti fikr bildirdi.

"Garsiya bilan shartnoma imzolanganini rasman elon qilish boshqa ish, futbolchini ro'yxatdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lish boshqa ish.

"Barsa" futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ayrim ishlarni bajarishi kerak. Garsiya masalasida unchalik ko'p emas, lekin ular albatta mablag' ajratishlari shart. Klubdagilar buni yaxshi bilishadi.

Uilyams, yana kimdir va boshqalar haqida eshityapman. Avvalo, bu haqiqatmi yoki yo'qmi, bilmayman. "Barselona" hali ham 1:1 qoidasiga mos kelmayapti. Yana bazi qadamlar qo'yish kerak," - dedi La Liga prezidenti Xaver Tebas.

Ўхшаш янгиликлар