Gvardiola klublar o'rtasidagi JCHda kimlar o'ynashi haqidagi savolga javob berdi

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 11:56
  • 75
  • 30

Xabaringiz bor, bugun klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida "Manchester Siti" jamoasi o'z yurishini boshlaydi.

"G" guruhidan o'rin olgan "shaharliklar" bugun Marokashning "Vidad" klubiga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ingliz klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bazi savollarga javob berib o'tdi.

"Bu mavsumning boshlanishi... Biz mavsumni boshladik, bizdagi hissiyot shunday.

Yangi xarid qilingan o'yinchilardan ko'nglimiz to'q, chunki ularning barchasida ulkan sifatlar bor.

Kimlar o'ynaydi? Hamma jalb etiladi. Bazi futbolchilar boshqalarga qaraganda ko'proq o'ynaydi. Lekin hamma o'ynaydi, chunki oldindagi butun mavsum shunday bo'lishi kerak!"


Bugun "Manchester Siti"dagi hamyurtimiz Abduqodir Husanovni maydonda ko'ramizmi degan savolga 21:00 da start oladigan bellashuvda javob olamiz.

Ўхшаш янгиликлар