Four Four Two sahifalarida futbol muxlislari o‘rganadigan reytinglar orasida bugungi kunda dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilari reytingi ham bor. Birinchi pog‘onadan "PSJ" futbolchisi Ashraf Hakimiy joy oldi. Marokashlik futbolchi ajoyib mavsum o‘tkazdi va parijliklarga barcha to‘rtta turnirda, shu jumladan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi.
Ikkinchi o‘rin yaqinda "Liverpul"dan "Real"ga o‘tgan Trent Aleksandr-Arnoldga tegishli. Uchlikni "Barselona" vakili Jyul Kunde yakunlab berdi.
Kuchli o‘nlikdan Denzel Dyumfris, Jeremi Frimpong, Yurren Timber, Tino Livramento, Daniel Munyos, Jovanni di Lorenso va Pedro Porro o‘rin olgan.