APL 2025/26 mavsum taqvimi elon qilindi: MYU 1-turda "Arsenal"ni qabul qiladi

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 13:40
  • 69
  • 30

APLning 2025/26 mavsum uchun taqvimi elon qilindi.

Premer-liga 15 avgust kuni Angliya chempioni "Liverpul" va "Bornmut" o'rtasidagi o'yin bilan start oladi.

Mavsum 24 may kuni yakunlanadi – barcha 20 klub bir vaqtda o'ynaydi. Jami chempionatda 380 o'yin bo'lib o'tadi.

"Liverpul" MYUni 18 oktyabrda qabul qiladi (ikkinchi o'yin – 2 may), 8 noyabrda safarda "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi (ikkinchi o'yin – 7 fevral).

Manchester derbisi "Siti" – "Yunayted" 13 sentyabrda, ikkinchisi – 17 yanvarda bo'lib o'tadi.


1-tur

Juma, 15 avgust

"Liverpul" – "Bornmut"


Shanba, 16 avgust

"Aston Villa" – "Nyukasl"

"Brayton" – "Fulxem"

"Nottingem Forest" – "Brentford"

"Sanderlend" – "Vest Xem"

"Tottenxem" – "Bernli"

"Vulverxempton" – "Manchester Siti"


Yakshanba, 17 avgust

"Chelsi" – "Kristal Pelas"

"Manchester Yunayted" – "Arsenal"


Dushanba, 18 avgust

"Lids" – "Everton"


To'liq taqvim bu erda: APL TAQVIMI

Ўхшаш янгиликлар