Avvalroq Moskva klubi prezidenti Evgeniy Giner shaxsan italiyalik mutaxassis Fabio Kanavarroni bosh murabbiy etib tayinlashdan manfaatdor ekanligi haqida malumot tarqalgan edi.
Moskva klubi 51 yoshli murabbiyga 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif etganini Nikolo Skira xabar qilmoqda.
2024/25-yilgi mavsumda armiyachilarni Marko Nikolich boshqargan edi. Serbiyalik mutaxassis Rossiya Kubogidagi g'alabadan so'ng o'z lavozimini tark etib, AEKka o'tdi.
O'tgan mavsumda Kannavaro "Dinamo Zagreb"ga murabbiylik qilgan. U 2024 yil dekabrda lavozimga tayinlangan, 2025 yil aprelda esa ishdan bo'shatilgan. Uning istefosi paytida klub Xorvatiya chempionatida 3-o'rinni egallab turgan, mavsumni esa shaxsiy uchrashuvlarda "Rijeka"dan ortda qolib, 2-o'rinda yakunlagan.