Bo'sh stadionlar borasidagi etirozlar fonida FIFA Klublar o'rtasidagi JCH chiptalari sotuvi juda yaxshi ketayotgani haqida xabar berdi

  • Mr.NoBoDy 18.06.2025 21:56
  • 51
  • 30

FIFA musobaqaga 1,5 millionga yaqin chipta sotilganini va "sotuvlar o'sish surati davom etayotgani"ni malum qildi

FIFA klublararo jahon chempionatiga deyarli 1,5 million chipta sotilganini xabar qildi.


"Yangi FIFA klublararo jahon chempionati klub futbolining butun dunyo bo'ylab jozibadorligini kuchli namoyish etish bilan boshlandi. 340 mingdan ortiq muxlis dastlabki uch o'yin kuni davomida jo'shqin muhit, hayajonli qo'llab-quvvatlash va unutilmas manzaralarni yaratdi. 17 iyun, seshanba holatiga ko'ra, FIFA 1,5 millionga yaqin chipta sotgan va bu ko'rsatkich o'sishda davom etmoqda, chunki guruh bosqichidagi eng qiziqarli bo'lishi kutilgan beshta o'yinning to'rttasi hali oldinda.


14 iyun, shanba kuni "Al-Ahli" va "Inter Mayami" o'rtasidagi turnirning ochilish marosimida Mayamidagi Hard Rock stadionini 60 927 kishidan iborat shovqinli va jo'shqin tomoshabinlar to'ldirdi. Bir kundan so'ng, Los-Anjelesdagi mashhur Rose Bowl stadionida 80 619 nafar muxlis Evropa grandlari "PSJ" va "Atletiko" o'yinini tomosha qildi. Bu 2024/25-yilgi mavsumda ikkala klub ham ishtirok etgan eng ko'p tomoshabinli o'yin bo'ldi


Guruh bosqichining qolgan o'yinlari orasida "Real" va "Pachuka", "Al-Hilol" va "Zalsburg" o'rtasidagi uchrashuvlar, Mayamida "Bavariya" va "Boka Xuniors" o'rtasidagi uzoq kutilgan to'qnashuv hamda "Flamengo"ning Filadelfiyada "Chelsi"ga qarshi o'yini eng ko'p qiziqish uyg'otmoqda. Ushbu o'yinlarning har biriga 50 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda," - deya takidlandi FIFA xabarida.

Ўхшаш янгиликлар