"Bugungi o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, birinchi bo'limda o'zimizning xatomiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda javob golini urmoqchi edik. Bugun himoyamiz zaiflik qildi. "Sho'rtan" jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman",- deydi Nematillo Quttiboev.
- Dastlab matbuot anjumaniga yordamchingiz kirdi. Keyin vaziyat o'zgardi. Bu nima bilan bog'liq bo'ldi?
- Biroz tobim qochgan edi. Savollarga o'zim javob berishga qaror qildim.
- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning rejasi qanday edi?
- Ikkinchi bo'limda asosiy futbolchilarni tushirib kuchaytirmoqchi edik. Zaxiralarimiz biz o'ylagandek bo'lgani yo'q.
- Zaxira hakami bilan ko'p muloqot qildingiz. Hakamlikka etiroz bormi?
- Menda hech qanday etiroz yo'q.
- Anvar Berdiev va Eldor Moyliev jamoalari o'rtasida qanday farq ko'rdingiz?
- Hech qanday farq yo'q. Tarkibdagi 70 foiz futbolchilar o'tgan yili o'ynagan. "Sho'rtan" futbol o'ynashga qo'yib berdi. Bilmadim, bu jamoa bizga har yili noqulay raqib bo'lyapti.